Joriy yilning 29-sentyabr sanasida Sirdaryo viloyati IIB tomonidan otaliqqa olingan Sirdaryo tumanidagi 8-maktabda IIV Sirdaryo akademik litseyi “Tillar” kafedrasi o‘qituvchilari S.Raxmanova va Sh.Mamanovlar tomonidan “1-oktyabr — ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda ustoz va murabbiylarning jamiyat hayotidagi o‘rni hamda yosh avlodni barkamol shaxs sifatida tarbiyalashdagi mas’uliyati haqida so‘z yuritilib, yoshlarga ta’lim va tarbiya jarayonida bilim olish, intilish va vatanparvarlik fazilatlarini shakllantirish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.

Suhbat yakunida o‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan videorolik namoyish qilindi. Mazkur davra suhbati o‘quvchilarda ustoz va murabbiylarga bo‘lgan ehtiromni yanada oshirishga xizmat qildi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *