Ichki ishlar vazirligi Sirdaryo akademik litseyiga Sirdaryo viloyati IIB boshligʻining o‘rinbosari — MMI va KBTX boshlig‘i, podpolkovnik Ergashev Sherali Sulaymonovich tashrif buyurdi. Tashrif davomida u litsey jamoasi tomonidan o‘quvchilar uchun yaratilgan taʼlim-tarbiya va yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishdi.



Tashrif doirasida akademik litseyning o‘quv xonalari, kompyuter sinflari va axborot-resurs markazi, laboratoriyalar, sport inshootlari hamda kutubxona ko‘zdan kechirildi; shuningdek, yashash va ovqatlanish sharoitlari, sanitariya-gigiyena hamda xavfsizlik choralari baholandi. Podpolkovnik Ergashev taʼlim jarayonini qo‘llab-quvvatlovchi moddiy-texnik baza va infratuzilma holatini atroflicha ko‘zdan kechirdi.
Tashrif chog‘ida maʼmuriyat vakillari, o‘qituvchilar va o‘quvchilar bilan qisqa uchrashuv o‘tkazilib, amaliy faoliyat, dars jarayoni va taʼlim sifatini oshirish masalalari bo‘yicha fikr almashildi.


