Yurtimizda yoshlar o‘rtasida sportni keng targ‘ib qilish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va ularga zamonaviy sharoitlarda muntazam shug‘ullanish imkoniyatlarini yaratish maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, ushbu jarayonning amaliy ifodasi sifatida IIV Sirdaryo akademik litseyida I va II bosqich o‘quvchilari o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi. Bellashuvda jamoalar o‘z mahorati va iroda kuchini namoyish etdilar.

Yakuniy natijalarga ko‘ra g‘oliblar ketma-ketligi quyidagicha:
🥇 1-o‘rin — 204-guruh
🥈 2-o‘rin — 104-guruh
🥉 3-o‘rin — 105-guruh

Qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan bahslarda esa:
🥇 1-kurs o‘quvchilari — 1-o‘rinni;
🥈 2-kurs o‘quvchilari — 2-o‘rinni egalladilar.

Ushbu musobaqa o‘quvchilarning sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirib, ularni sog‘lom va faol hayot tarziga yo‘naltirishga xizmat qildi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *