O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Iqtidorli o‘quvchilar o‘rtasida fan olimpiadalarini o‘tkazish tizimini takomillashtirish hamda xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktabni aniqlash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida IIV Sirdaryo akademik litseyida fan olimpiadasining birinchi bosqichi o‘tkazildi.



Olimpiada doirasida umumta’lim fanlaridan sinovlar tashkil etilib, o‘quvchilar o‘z bilim va intellektual salohiyatini namoyish etishdi.
Olimpiadaning asosiy maqsadi iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularning bilimini yanada rivojlantirish va keyingi bosqichlarga puxta tayyorlashdan iborat bo‘ldi.


