Joriy yilning 6-sentyabr kuni IIV Sirdaryo akademik litseyida I bosqich o‘quvchilari o‘rtasida Mustaqillikning 34-yilligiga bag‘ishlab “Mustaqillik — muqaddas kalom, ozodlik — eng totli so‘z” mavzusida insholar tanlovi o‘tkazildi.

Mazkur tanlov yoshlarning Vatan mustaqilligi, milliy qadriyatlarimiz va erkinlik ne’mati haqidagi fikrlarini erkin ifoda etish, ularning ijodiy qobiliyatini namoyon qilishga xizmat qildi.

🏆Tanlov natijalariga ko‘ra g‘oliblar ketma-ketligi quyidagicha:
🥇 1-o‘rin — Mahmudova Charos (105-guruh)
🥈 2-o‘rin — Izzatullayev Sayfiddin (104-guruh)
🥉 3-o‘rin — Zuhriddinov Jahongir (102-guruh)

G‘olib va faol ishtirokchilarning natijalari e’lon qilinib, ularning insholari kelajakda ham o‘quvchilar orasida vatanparvarlik ruhini yuksaltirishda muhim manba bo‘lib xizmat qilishi ta’kidlandi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *