IIV Sirdaryo akademik litseyi o‘quvchilari uchun Sirdaryo viloyati tarixi va madaniyati muzeyiga tashrif uyushtirildi.

Tadbir davomida o‘quvchilar qadimiy topilmalar, tarixiy hujjatlar, san’at asarlari bilan yaqindan tanishib, o‘tmishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirdilar. Muzeydagi eksponatlar yoshlarning milliy g‘ururi va madaniyatimizga bo‘lgan hurmatini mustahkamlash, Vatanga mehr-muhabbat tuyg‘ularini shakllantirishga xizmat qildi.

Shuningdek, turli davrlarga oid san’at asarlari, hunarmandchilik namunalarini, milliy libos va urf-odatlarni o‘rganish o‘quvchilarning estetik didini rivojlantirish, go‘zallikni qadrlash va madaniyatlar xilma-xilligiga hurmat bilan qarash ko‘nikmalarini hosil qildi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *