Bugun, 9-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Sirdaryo akademik litseyiga 2025/2026-o‘quv yili qabuli uchun nomzodlardan diktant olindi.
Mazkur tadbirda kichik komissiya raisi — Sirdaryo viloyati IIB Maxsus maktab-internatlari va Kasbga yo‘naltirish ta’limi hamda tarbiya muassasalari bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik E.Ergashev, IIV O‘quv dala markazi katta o‘qituvchi-metodisti, mayor R.Roziyev, IIV SHXBB Sirdaryo viloyati bo‘yicha bo‘limining katta tezkor vakili, mayor A.S.Mamatqulov hamda IIV Sirdaryo akademik litseyi direktori, polkovnik F.Q.Ortiqboev ishtirok etdilar.



Diktant jarayoni ochiq va shaffof tarzda o‘tkazilib, unda nomzodlarning imloviy savodxonlik darajasi baholandi. DIKTANT NATIJALARI tez orada kanalimiz orqali e’lon qilinadi.

