Joriy yilning 17-may kuni IIV Sirdaryo akademik litseyi o‘quvchilari Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda ishtirok etishdi. Tadbirning asosiy qismi sifatida yoshlar Motamsaro ona haykalini ziyorat qilib, Vatan tinchligi yo‘lida jon fido qilgan qahramonlarning shonli xotirasini hurmat bilan yod etdilar.



Haykal oldida o‘tkazilgan tadbirda Vatan himoyasida jonini fido qilgan fidoyi insonlarning jasorati va xizmatlari yuksak qadrlanib, yosh avlodga bu ulug‘ merosni saqlab qolish va davom ettirish mas’uliyati ta’kidlandi.
Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘quvchilar qalbida tarixiy xotirani asrash, vatanparvarlik ruhini mustahkamlash hamda milliy qadriyatlarga sadoqatni oshirishda muhim o‘rin tutadi.

