18-may – Xalqaro muzeylar kuni munosabati bilan IIV Sirdaryo akademik litseyi o‘quvchilari uchun Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tashabbusi bilan “Ajdodlar izidan – avlodlar” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy ekskursiya tashkil etildi.
Muzeyga tashrif davomida yoshlar Sirdaryo viloyati IIB tarixi, soha fidoyilarining ibratli hayoti, mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar, shuningdek jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi muhim bosqichlarni aks ettiruvchi qimmatli foto va media materiallar, eksponatlar bilan yaqindan tanishdilar.



Zamonaviy dizayn va texnologiyalar asosida jihozlangan mazkur muzey o‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi. Bu tashrif ular uchun nafaqat yangi bilim manbai, balki tarixga bo‘lgan hurmat va sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.
Muzeylar – bu xalq xotirasining bebaho xazinasi, o‘tmish va bugunni bog‘lovchi ma’naviy ko‘prik ekanini yoshlar yana bir bor chuqur his etishdi.

