Sirdaryo viloyatidagi drama teatrda O‘zbekiston xalq shoiri Halima Xudoyberdiyevaning 78 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-ma’naviy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda viloyat yoshlaridan tortib, san’atkorlar, o‘qituvchilar, madaniyat xodimlari va IIV Sirdaryo akademik litseyi o‘quvchilari faol ishtirok etdi.

Shoiraning ijodiga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishlari, she’rlari o‘qildi, qo’shiqlar kuylandi va musiqiy chiqishlar namoyish etildi. Bu kecha barchaga katta ruhiy ilhom va ma’naviy yuksalish baxsh etdi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *