Yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini rivojlantirish, huquqshunoslik faniga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida Sirdaryo viloyati IIB tomonidan otaliqqa olingan Guliston tumani 12-umumta’lim maktabida navbatdagi mahorat darslari tashkil etildi.

Mazkur darslar IIV Sirdaryo akademik litseyi Huquqiy va ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi boshlig‘i, t.f.n. U.A.Qlichev tomonidan “Bola huquqlarini himoya qilish bo‘yicha davlat siyosati” mavzusida o‘tkazildi.

Tadbir davomida o‘quvchilarga quyidagi yo‘nalishlarda batafsil ma’lumotlar berildi:
✅ bola huquqlarining milliy huquqiy asoslari;
✅ bola huquqlarini himoya qilishning xalqaro huquqiy asoslari;
✅ “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun;
✅ “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun (2016-yil 5-sentabr);
✅ “Bolalarni ularning salomatligiga zarar keltiruvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun (2017-yil 9-sentabr);
✅ “Bolalar mehnatining og‘ir shakllarini taqiqlash to‘g‘risida”gi va “Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh to‘g‘risida”gi xalqaro konvensiyalar mazmuni.

Mazkur mahorat darslari o‘quvchilarning huquqiy savodxonligi va madaniyatini rivojlantirishga xizmat qildi hamda ularning mazkur sohadagi kompetensiyalarini yanada mustahkamladi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *