IIV Sirdaryo akademik litseyi “Tillar” kafedrasi ingliz tili fani o‘qituvchisi S.F.Bayzayeva tomonidan 104-guruhda “Developing integrated skills” mavzusida ochiq dars mashg‘uloti o‘tkazildi.
Dars davomida zamonaviy pedagogik texnologiyalar va innovatsion o‘qitish usullaridan keng foydalanildi. Xususan, o‘quvchilarning tinglash, o‘qish, yozish va gapirish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan CLT (Communicative Language Teaching), DM (Direct Method), ALM (Audio-Lingual Method) hamda GTM (Grammar-Translation Method) kabi metodlar dars samaradorligini oshirishda muhim omil bo‘ldi.



Interaktiv mashg‘ulotlar, guruhli ishlar, rolli o‘yinlar, “brainstorming” (fikrlar bo‘roni) va “peer-assessment” (o‘zaro baholash) kabi faol o‘qitish usullari orqali o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishi yanada ortdi. Bu esa ularning mustaqil fikrlash, erkin muloqot qilish va jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.
O‘qituvchi dars mavzusini ochib berishda interaktiv taqdimotlar va vizual materiallardan samarali foydalandi. Shu orqali o‘quvchilarning amaliy muloqot qilish qobiliyatlari mustahkamlandi hamda dars yanada mazmunli va samarali tarzda o‘tdi.


