Bugun O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2025-yil 30-aprel kunidagi 2/2140-sonli ko‘rsatmasi ijrosi doirasida IIV Sirdaryo akademik litseyida o‘tkazilgan sport musobaqalari g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida sportning turli yo‘nalishlarida faol ishtirok etib, yuqori natijalarga erishgan o‘quvchilarga litsey rahbariyati tomonidan faxriy diplomlar tantanali tarzda topshirildi.

Mazkur marosim o‘quvchilarda sog‘lom raqobat, sportga muhabbat va yutuqqa intilish ruhini mustahkamlashga xizmat qildi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *