O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2025-yil 30-aprel kunidagi 2/2140-sonli ko‘rsatmasi ijrosini ta’minlash maqsadida IIV Sirdaryo akademik litseyi o‘quvchilari o‘rtasida jangovar tayyorgarlik yo‘nalishida – qurolni to‘liq va to‘liqsiz qismlarga ajratish bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.



Musobaqa natijalariga ko‘ra, quyidagi g‘oliblar aniqlandi:
Makarov pistoletini to‘liq va to‘liqsiz qismlarga ajratish yo‘nalishida:
🥇 1-o‘rin — 105-guruh o‘quvchisi Yakubov B.
🥈 2-o‘rin — 105-guruh o‘quvchisi Xazratqulov M.
🥉 3-o‘rin — 104-guruh o‘quvchisi Hamzayev A.
Kalashnikov avtomatini to‘liq va to‘liqsiz qismlarga ajratish yo‘nalishida:
🥇 1-o‘rin — 101-guruh o‘quvchisi Usmonov Sh.
🥈 2-o‘rin — 105-guruh o‘quvchisi Xazratqulov M.
🥉 3-o‘rin — 105-guruh o‘quvchisi Yakubov B.
Ushbu musobaqaning asosiy maqsadi — o‘quvchilarda harbiy-amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish, harbiy intizom va mas’uliyatni oshirishdan iborat bo‘ldi.


