Pokiza va obod yurt — xalqimiz ma’naviyatining, tarbiyasining yorqin aksidir. Ozodalikka intilish, saranjom-sarishtalik, ko‘rkam muhit yaratish har bir fuqarodan boshlanadi. Aynan shunday ezgu qadriyatlarimizdan biri — hashar milliy birdamlik, o‘zaro hurmat va bunyodkorlik timsolidir.



9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan IIV Sirdaryo akademik litseyi o‘quvchilari Ichki ishlar organlari tizimida xizmat qilgan marhum serjant Abduxalikov G‘ayrat Odiljonovich xonadoniga tashrif buyurib, obodonlashtirish, tomorqalarni tozalash, daraxtlarni parvarishlash ishlarini amalga oshirishdi. Ushbu ezgu ish yoshlarda vatanparvarlik, saxovat va insoniylik tuyg‘ularini shakllantirishga xizmat qiladi.


