O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2025-yil 30-apreldagi 2/2140-sonli ko‘rsatmasi ijrosini ta’minlash maqsadida IIV Sirdaryo akademik litseyida o‘quvchilar o‘rtasida harbiy estafeta bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.

Mazkur musobaqa yoshlarni jismoniy va harbiy jihatdan chiniqtirish, vatanparvarlik ruhini kuchaytirish hamda jamoada ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida o‘tkazildi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra quyidagi natijalar qayd etildi:

🥇 1-o‘rin — 101-guruh o‘quvchilari jamoasi
🥈 2-o‘rin — 106-guruh o‘quvchilari jamoasi
🥉 3-o‘rin — 204-guruh o‘quvchilari jamoasi

Tadbir orqali o‘quvchilar harbiy-jismoniy tayyorgarlik darajasini namoyish etish bilan birga, o‘zaro hamjihatlik va jamoaviy ruhni yanada mustahkamlashdi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *