O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2025-yil 30-apreldagi 2/2140-sonli ko‘rsatmasi ijrosini ta’minlash maqsadida IIV Sirdaryo akademik litseyida voleybol sport turi bo‘yicha o‘quvchilar o‘rtasida musobaqa tashkil etildi.
Musobaqa sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda o‘quvchilar o‘rtasida sportga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish maqsadida tashkil etildi.



🏆 Musobaqa yakunlariga ko‘ra quyidagi jamoalar g‘olib deb topildi:
🥇 1-o‘rin — 206-guruh jamoasi
🥈 2-o‘rin — 102-guruh jamoasi
🥉 3-o‘rin — 107-guruh jamoasi
Mazkur sport tadbiri o‘quvchilarni jismonan chiniqtirish, irodani kuchaytirish va sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga qaratildi.


