O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2025-yil 30-apreldagi 2/2140-sonli ko‘rsatmasi ijrosini ta’minlash maqsadida IIV Sirdaryo akademik litseyi o‘quvchilari o‘rtasida sportning to‘sinda tortilish yo‘nalishi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.
Bellashuv jarayonida ishtirokchilar o‘zlarining kuch-g‘ayratini namoyish etdilar.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra quyidagi o‘quvchilar faxrli o‘rinlarni egalladilar:
- 1-o‘rin — 103-guruh o‘quvchisi O‘razaliyev Jahongirbek Farxodjon o‘g‘li
- 2-o‘rin — 106-guruh o‘quvchisi Jumaboyev Javlonbek To‘xtamurod o‘g‘li
- 3-o‘rin — 105-guruh o‘quvchisi Xazratqulov Musobek Suvon o‘g‘li
Mazkur musobaqa yoshlarning jismoniy tayyorgarligini mustahkamlash, sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish hamda sportga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirish maqsadida tashkil etildi.


