O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2025-yil 30-aprel kunidagi 2/2140-sonli ko‘rsatmasi ijrosini ta’minlash maqsadida IIV Sirdaryo akademik litseyi o‘quvchilari o‘rtasida sportning otish tayyorgarligi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.
Musobaqa davomida o‘quvchilar aniq nishonga olish, diqqatni jamlash va tezkorlik kabi ko‘nikmalarini namoyon etishdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra:
Qizlar o‘rtasida



- 1-o‘rin — 108-guruh o‘quvchisi Mamasoliyeva Muborak Zohir qizi,
- 2-o‘rin — 104-guruh o‘quvchisi Narzullayeva Jasmin Bahrom qizi,
- 3-o‘rin — 104-guruh o‘quvchisi Otanazarova Shabnam Ixtiyor qizi.
O‘g‘il bolalar o‘rtasida
- 1-o‘rin — To‘ychiyev Azimjon Abduhakim o‘g‘li,
- 2-o‘rin — Abdullayev Zufarjon Shuxrat o‘g‘li,
- 3-o‘rin — Raxmonov Zafarjon Komiljon o‘g‘li.
Tadbir yoshlarning harbiy-sport tayyorgarligini mustahkamlash, jismoniy faollikni oshirish hamda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga xizmat qildi.


