O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2025-yil 30-apreldagi 2/2140-sonli ko‘rsatmasi ijrosini ta’minlash maqsadida IIV Sirdaryo akademik litseyida o‘quvchilar o‘rtasida sportning shaxmat va shashka turlari bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.
Musobaqa jarayonida o‘quvchilar o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazishdi. Bellashuvlar do‘stona ruhda, sog‘lom raqobat tamoyillari asosida o‘tkazildi. Yakuniy natijalarga ko‘ra:
♟ Shaxmat yo‘nalishi bo‘yicha:
- 1-o‘rin — 205-guruh o‘quvchisi Sobirov Umarjon,
- 2-o‘rin — 106-guruh o‘quvchisi Jo‘rayev Shavkat,
- 3-o‘rin — 203-guruh o‘quvchisi Nasrullayev Jahongir.
🔘Shashka yo‘nalishi bo‘yicha:
- 1-o‘rin — 103-guruh o‘quvchisi Asriddinov Arshiddin,
- 2-o‘rin — 106-guruh o‘quvchisi Nizomov Xotamjon,
- 3-o‘rin — Eshquziyev Elshod.
Bu kabi tadbirlar o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini oshirish va bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga xizmat qiladi.


