Joriy yilning 23-aprel kuni IIV Sirdaryo akademik litseyida “Tillar” kafedrasi tomonidan yozma nutqni rivojlantirishga qaratilgan navbatdagi mashgʻulot tashkil etildi. Ushbu mashgʻulotga kafedra mudiri, filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) Malika Mansurova rahbarlik qildi.
Tadbir doirasida IIV Akademiyasida tahsil olish istagini bildirgan 203- va 204-guruh oʻquvchilariga “Aqlli bogʻbon” mavzusida bayon yozish topshirigʻi berildi. Tanlangan mavzu orqali oʻquvchilarning tafakkur doirasini kengaytirish, ularning hayotiy voqea va hodisalarni adabiy-estetik nuqtai nazardan talqin qilish malakasini shakllantirish maqsad qilingan.



Mashgʻulot yakunida tinglovchilarning ishlari tahlil qilinib, ularning kuchli va ustida ishlash lozim boʻlgan jihatlari aniqlab berildi. Bu jarayon o‘quvchilarning o‘z ustida ishlashga bo‘lgan intilishini oshirishga xizmat qildi.


