O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosarining 2025-yil 31-martdagi 126-sonli farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida, IIV Sirdaryo akademik litseyi ingliz tili o‘qituvchisi J.K.Tursunboyev tomonidan Mirzaobod tumanidagi 25-sonli umumta’lim maktabining 10 va 11-sinf o‘quvchilari uchun “Ingliz tilini o‘rganishning samarali usullari va afzalliklari” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.


Seminar davomida o‘quvchilarga ingliz tilini zamonaviy va interaktiv usullar orqali o‘rganish imkoniyatlari, chet tilini bilishning kundalik hayotdagi va kelajakdagi kasbiy faoliyatdagi afzalliklari, shuningdek, xalqaro imtihonlarga tayyorgarlik yo‘llari haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.
Trening interaktiv shaklda o‘tkazilib, o‘quvchilarning qiziqishlari va savollariga individual yondashuv asosida javob qaytarildi. Tadbir nafaqat bilim berish, balki o‘quvchilarda chet tillarga bo‘lgan qiziqishni oshirish, o‘z ustida ishlashga undash maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, bu kabi uchrashuvlar kelgusida ham davom ettiriladi.

