IIV Sirdaryo akademik litseyi tomonidan tashkil etilgan “AL-XORAZMIY IZDOSHLARI ” intellektual tanlovi o‘z nihoyasiga yetdi. Tanlovda Sirdaryo viloyatining turli hududlaridan yuzlab iqtidorli yoshlar ishtirok etdilar.
 
Ikki bosqichdan iborat bellashuv yakunlariga ko‘ra, eng yuqori natija qayd etgan uch nafar ishtirokchi g‘olib deb topildi:
 
1-o‘rin: Payzullayev Sherozbek Bahrom o‘g‘li
2-o‘rin: Ilhomova Rayhona Sardor qizi
3-o‘rin: Xolmirzayev Boyir Hamidovich
 
G‘oliblarga tantanali ravishda pul mukofotlari hamda IIV Sirdaryo akademik litseyi qoshidagi o‘quv markazida bepul ta’lim olish uchun maxsus vaucherlar topshirildi.

Yoshlarimizni bilim olishga undovchi bunday tanlovlar kelajak avlodni yanada bilimli, kuchli va vatanparvar etib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etishi shubhasizdir.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *