IIV Sirdaryo akademik litseyida Sirdaryo tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi katta tergovchilari — katta leytenant Sayfullaev Jasur Nuriddin o‘g‘li, katta leytenant Sodiqov Jamshid Davronbek o‘g‘li hamda kapitan Kamolov Zarfullo Jamol o‘g‘li tomonidan litsey o‘quvchilari uchun davra suhbati o‘tkazildi.

Mazkur suhbat davomida o‘quvchilarga huquqbuzarliklarning oldini olish, yuridik mas’uliyat, qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash hamda ichki ishlar organlarining faoliyati haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.

Tadbir yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularda qonuniylikka sodiqlik va fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlashga qaratildi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *