O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosarining 2025-yil 31-martdagi 126-sonli farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida, Sirdaryo viloyati IIB tomonidan otaliqqa olingan Mirzaobod tumanidagi 25-maktabda maktab o‘quvchilari uchun IIV Sirdaryo akademik litseyi “Huquqiy va ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi boshlig‘i, tarix fanlari nomzodi U.Qlichev va huquq fani o‘qituvchisi Sh.Husanov tomonidan huquqiy savodxonlik va huquqiy madaniyat, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish mavzularida mahorat darslari tashkil etildi.

Mazkur tadbir davomida o‘quvchilarga huquqiy bilimlarni oshirish, qonunchilik normalarini tushuntirish hamda huquqbuzarliklarning salbiy oqibatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Bunday mahorat darslari yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ularda qonunga hurmat ruhini shakllantirish hamda huquqbuzarliklarning oldini olishga xizmat qiladi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *