IIV Sirdaryo akademik litseyida umumta’lim fanlar kafedrasi informatika fani o‘qituvchilari tomonidan nazorat ishlarini shaffof va adolatli tashkil etish maqsadida seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.
🛡️ Seminar davomida litseyning axborot xavfsizligi yo‘nalishi o‘quvchilari bilan hamkorlikda yaratilgan onlayn test platformasidan foydalanish tartibi haqida batafsil ma’lumot berildi.
📊 Mashg‘ulotda platformaning imkoniyatlari, testlarni avtomatik baholash, natijalarni tezkor tahlil qilish hamda inson omilini kamaytirish orqali shaffoflikni ta’minlash jihatlari ko‘rib chiqildi.
👨💻 Ishtirokchilar amaliy tarzda platformadan foydalanib ko‘rib, savol-javoblar orqali o‘zlarini qiziqtirgan masalalarga aniqlik kiritdilar.
✨ Mazkur seminar ta’lim jarayonida zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etish va baholash tizimini takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etdi.




