IIV Sirdaryo akademik litseyida ona tili va adabiyot oyligi doirasida Nasiba Mamatkulova tomonidan “Chingiz Aytmatov asarlaridagi obrazlar tahlili” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
📖 Tadbir davomida Chingiz Aytmatov ijodining o‘ziga xos jihatlari, uning asarlarida aks etgan insoniy qadriyatlar hamda murakkab obrazlar talqini atroflicha muhokama qilindi.




🧠 O‘quvchilar adibning “Asrga tatigulik kun”, “Qiyomat” va “Oq kema” asarlaridagi qahramonlar misolida vijdon, mas’uliyat, insoniylik va tabiatga munosabat kabi muhim falsafiy g‘oyalarni tahlil qildilar.
✨ Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘quvchilarning badiiy tafakkurini boyitish, mustaqil fikrlashini rivojlantirish hamda ularda vatanparvarlik va yuksak axloqiy fazilatlarni shakllantirishga xizmat qildi.

