Yurtimizda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va ommaviy sportni rivojlantirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu maqsadda hududlarda turli sog‘lomlashtirish tadbirlari muntazam tashkil etib kelinmoqda.
📅 Joriy yilning 28-mart kuni IIV Sirdaryo akademik litseyida “Sport – sog‘lom xalq, sog‘lom jamiyatning tayanchi va ustunidir” shiori ostida “5 000 qadam” yurish marafoni hamda ommaviy badantarbiya mashg‘ulotlari o‘tkazildi.


👥 Tadbirda litsey o‘quvchilari va pedagog-o‘qituvchilari faol ishtirok etib, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda sport orqali sog‘lom hayot kechirish g‘oyalarini amalda namoyon etdilar.
💪 Mazkur tadbir yoshlarning jismoniy tayyorgarligini mustahkamlash, ularni sportga keng jalb etish hamda ijobiy hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qildi.
✨ Sog‘lom turmush – farovon hayot garovi!



