IIV Sirdaryo akademik litsey o‘quvchilari dars mashg‘ulotlaridan so‘ng tarix fanidan milliy sertifikat olish maqsadida qo‘shimcha tayyorgarlik mashg‘ulotlarida faol ishtirok etmoqdalar.

📖 Tayyorlov jarayonlarida o‘quvchilar tarix faniga oid nazariy bilimlarini mustahkamlash, muhim tarixiy voqealar va jarayonlarni chuqur o‘rganish, shuningdek test topshiriqlari ustida ishlash orqali o‘z bilim darajalarini yanada oshirmoqdalar.

🧠 Mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilarning tahliliy va mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, tarixiy manbalar bilan ishlash hamda murakkab savollarga to‘g‘ri yechim topish qobiliyatlarini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

✅ Mazkur tayyorgarlik jarayonlari o‘quvchilarning tarix fanidan milliy sertifikatni qo‘lga kiritish, bilim saviyasini oshirish hamda kelgusida yuqori natijalarga erishishlariga xizmat qilmoqda.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *