Joriy yilning 7-mart sanasida IIV Sirdaryo akademik litseyida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.
💐 Tadbir davomida litseyning ayol o‘qituvchilari, ayol xodimlari hamda qiz o‘quvchilariga hurmat va ehtirom ko‘rsatilib, ular samimiy tabriklar bilan qarshi olindi.
🎤 Bayram dasturi davomida ayol-qizlarga bag‘ishlangan qo‘shiqlar, milliy raqslar hamda sahna ko‘rinishlari namoyish etilib, tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.


🎖 Shuningdek, tadbirda IIV Sirdaryo akademik litseyi direktori polkovnik F.Q. Ortiqboyev so‘zga chiqib, litseyning ayol-qizlarini bayram bilan samimiy tabrikladi.
🎁 Bayram munosabati bilan ularga esdalik sovg‘alari topshirildi va ezgu tilaklar bildirildi.
🌷 Ushbu tadbir jamoada ayollarga bo‘lgan hurmat va e’tiborni yana bir bor namoyon etib, barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.




