Joriy yilning 17–18-fevral sanalarida tarix fan oyligi doirasida IIV Sirdaryo akademik litseyida ⚽️ futbol sport turi bo‘yicha “Direktor kubogi” musobaqasi tashkil etildi.

🏟 Musobaqa litsey o‘quvchilari o‘rtasida yuqori ruhda, murosasiz va qizg‘in bahslar ostida bo‘lib o‘tdi. Har bir jamoa maydonda o‘zining jipsligi, chaqqonligi va g‘alabaga bo‘lgan intilishini namoyon etdi. Uchrashuvlar davomida keskin vaziyatlar, chiroyli gollar va muxlislarning faol qo‘llab-quvvatlashi musobaqaga yanada shukuh bag‘ishladi.

🥇 Musobaqa yakunlariga ko‘ra:
— 204-guruh faxrli 1-o‘rinni,
— 207-guruh 2-o‘rinni,
— 103-guruh esa 3-o‘rinni egalladi.

⚽️ Mazkur sport tadbiri o‘quvchilar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviylik va hamjihatlikni mustahkamlash, shuningdek, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga xizmat qildi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *