Joriy yilning 20-fevral sanasida IIV Sirdaryo akademik litseyida navbatdagi “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri yuqori saviyada tashkil etildi.

🏫 Tadbir doirasida Sirdaryo tumanidagi 30-maktabning 9-sinf o‘quvchilari litseyga tashrif buyurishdi. Mehmonlar litseyda yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, ta’lim jarayoni hamda mavjud yo‘nalishlar bilan yaqindan tanishdilar.

📚 Tashrif davomida o‘quvchilarga:
▪️ o‘quv va maxsus fan xonalari,
▪️ sport majmuasi,
▪️ axborot-resurs markazi (kutubxona),
▪️ zamonaviy texnik jihozlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

📝 Shuningdek, litseyga qabul tartibi, kirish imtihonlari jarayoni hamda nomzodlarga qo‘yiladigan talablar yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olib, litsey hayoti va ichki tartib-qoidalar haqida kengroq tasavvurga ega bo‘ldilar.

Tadbirning amaliy qismi ham qiziqarli tashkil etildi. Unda o‘quvchilarga dron qurilmasining tuzilishi, ishlash prinsipi va boshqarish asoslari tushuntirildi. Ishtirokchilar dronni boshqarish jarayonini bevosita kuzatib, zamonaviy texnologiyalarning ichki ishlar tizimidagi ahamiyati haqida muhim ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

✨ Mazkur tadbir yoshlarning kelajak kasbini ongli tanlashiga, zamonaviy bilim va ko‘nikmalar haqida chuqurroq tushunchaga ega bo‘lishiga xizmat qildi.‌‌

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *