Joriy yilning 20.02.2026 sanasida IIV Sirdaryo akademik litseyida navbatdagi ochiq dars mashg‘uloti tashkil etildi.
👩‍🏫 Litseyning “Tillarni o‘rganish” kafedrasi ingliz tili o‘qituvchisi Djurayeva Sevinch tomonidan 106-guruh o‘quvchilari uchun ingliz tili fanidan “TV and Film” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi.

🎯 Mashg‘ulotning asosiy maqsadi:

▪️ O‘quvchilarning o‘qib va eshitib tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirish;

▪️ Erkin gapirish malakasini shakllantirish;

▪️ Mavzuga oid yangi so‘z va iboralarni o‘rganish hamda amaliyotda qo‘llash;

▪️ To‘g‘ri talaffuz ustida ishlash.

💻 Dars jarayonida og‘zaki va yozma mashqlar,

“Bamboozle” hamda “Educaplay” kabi interaktiv o‘yinlardan samarali foydalanildi. Shuningdek, mavzuga oid tarqatma materiallar va video lavhalar qo‘llanilib, zamonaviy texnik vositalar yordamida dars yanada qiziqarli va mazmunli tashkil etildi. 🎥📝

✨ Interaktiv usullar o‘quvchilarning faolligini oshirib, ularning darsga bo‘lgan qiziqishini yanada mustahkamladi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *