Joriy yilning 18-fevral sanasida IIV Sirdaryo akademik litseyida Ochiq eshiklar kuni doirasida Sirdaryo tumanidagi 12-maktabning 9-sinf o‘quvchilari tashrif buyurishdi. 🏫✨

🎓 Tashrif davomida o‘quvchilar litseyning ta’lim jarayoni, mavjud yo‘nalishlari hamda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

📚 Shuningdek, ularga kirish tartibi va talablar haqida batafsil ma’lumot berildi.

🗣 O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, litsey hayoti haqida kengroq tasavvurga ega bo‘ldilar.

🌟 Mazkur tadbir yoshlarning kelajakdagi ta’lim yo‘nalishini tanlashida muhim ahamiyat kasb etdi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *