Joriy yilning 17-fevral sanasida IIV Sirdaryo akademik litseyida tarix fani o‘qituvchisi Abduvaliyev Diyorbek tomonidan 101-guruh o‘quvchilari uchun “Amir Temur davlatining boshqaruvi” mavzusida ochiq dars mashg‘uloti o‘tkazildi. 🏛📖

👑 Dars davomida Amir Temur asos solgan davlatning boshqaruv tizimi, markaziy va mahalliy hokimiyat tuzilmasi, harbiy-intizomiy tartib hamda adolat tamoyillari haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. ⚖️📜

🧠💬 Mashg‘ulot interaktiv metodlar asosida tashkil etilib, o‘quvchilarning tarixiy tafakkuri, mustaqil fikrlashi va mavzu yuzasidan bilimlari yanada mustahkamlandi.

🌟🇺🇿 Ochiq dars yosh avlodda buyuk ajdodlarimiz merosiga hurmat va faxr tuyg‘ularini kuchaytirishga xizmat qildi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *