Joriy yilning 16-fevral sanasida IIV Sirdaryo akademik litseyi saf maydonida o‘quvchilarni munosib rag‘batlantirish maqsadida tantanali taqdirlash marosimi tashkil etildi.

Marosimda litsey direktori, polkovnik F.Q. Ortiqboyev ishtirok etib, o‘quvchilarning erishgan yutuqlari e’tirof etildi.

🏆 Tadbir davomida:

07–12-fevral kunlari o‘tkazilgan qo‘l jangi bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida faxrli 1-o‘rinni egallagan 203-guruh o‘quvchisi Po‘latova Umida Murod qizi;

6-fevral kuni Toshkent shahridagi Gyote institutida o‘tkazilgan IDO xalqaro nemis tili olimpiadasining respublika bosqichida munosib ishtirok etgan 102-guruh o‘quvchisi Shodiljonov Shahzod Shokirjon o‘g‘li

tantanali ravishda taqdirlandilar. 🎓🌟

🎉 Litsey rahbariyati tomonidan o‘quvchilarga faxriy yorliqlar va ezgu tilaklar bildirilib, ularning yutuqlari butun jamoa uchun faxr ekani ta’kidlandi.

✨ Mazkur marosim yoshlarni yanada katta marralar sari ruhlantirish, sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish hamda ilm-fan va sportdagi muvaffaqiyatlarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qildi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *