2026-yil 13-fevralda Tarix fani oyligi doirasida tarix fani o‘qituvchisi Sh.Xoliqulov tomonidan “Amir Temur davlatida qo‘shin tuzilishi” mavzusida ochiq dars tashkil etildi.

🧑‍🎓Ochiq dars davomida Amir Temur davlati harbiy tizimining shakllanishi, qo‘shin tuzilmasi, harbiy bo‘linmalar va ularning vazifalari tarixiy manbalar asosida batafsil yoritildi. Shuningdek, Temuriylar davrida harbiy intizom va boshqaruv tizimining o‘ziga xos jihatlariga alohida e’tibor qaratildi.

💡 Mashg‘ulot jarayonida zamonaviy ta’lim yondashuvlariga mos  Sinkveyn, Klaster, Keys-stadi, Zinama-zina kabi interfaol metodlardan  foydalanilib, o‘quvchilarning darsdagi faolligi ta’minlandi.

🧠 Dars davomida o‘quvchilarning tarixiy bilimlarini tahlil qilish va mustaqil xulosa chiqarish ko‘nikmalari rivojlantirildi.

✅Mazkur ochiq dars ilg‘or pedagogik tajribalarni ommalashtirish, o‘quvchilarning tarix faniga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda ta’lim sifatini yuksaltirishga xizmat qildi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *