Huquqiy va ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi o’qituvchilari tomonidan tarix fani oyligi doirasida akademik litsey o‘quvchilari o‘rtasida bilim va tafakkurni oshirish maqsadida “Tarixni bilasizmi?” nomli viktorina tashkil etildi.

Viktorina davomida o‘quvchilarning tarix faniga oid bilimlari, tarixiy voqea va shaxslarni bilishi, shuningdek, mantiqiy va tezkor fikrlash qobiliyatlari sinovdan o‘tkazildi. Savollar turli davrlar va muhim tarixiy jarayonlarni qamrab oldi.

Bellashuv jarayonida o‘quvchilar faol ishtirok etib, o‘z bilim va salohiyatlarini namoyish etdilar. Tadbir o‘quvchilar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga xizmat qildi.

Mazkur viktorina o‘quvchilarning tarix faniga bo‘lgan qiziqishini oshirish, bilimlarini mustahkamlash hamda ularni mustaqil va tanqidiy fikrlashga undashga xizmat qildi. Viktorina g’oliblari esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *