Joriy yilning 9-fevral kuni IIV Sirdaryo akademik litseyda o‘tkazilayotgan Tarix oyligi doirasida buyuk mutafakkir va shoir Alisher Navoiy tavallud kuniga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir ko‘tarinki ruh va adabiy muhitda bo‘lib o‘tdi. 📚✨
Mazkur tadbir rus tili fani o‘qituvchilari — Ismattulaeva Z.A., hamda Rahmonova K.B., tomonidan tashkil etildi va olib borildi. Tadbir oldindan puxta ishlab chiqilgan ssenariy asosida o‘tkazilib, mazmunan boy va ta’sirchan bo‘ldi.


Tadbir davomida Alisher Navoiy ijodiga mansub she’rlar ifodali tarzda o‘qildi, sahna chiqishlari orqali uning boy adabiy merosi, insonparvarlik g‘oyalari va ma’naviy olami keng yoritib berildi. 🖋️🎭
Ushbu adabiy-ma’rifiy tadbir o‘quvchilarda tarixiy xotira, milliy va jahon adabiyotiga bo‘lgan qiziqishni oshirish, buyuk ajdodlarimiz merosiga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qildi.



