Joriy yilning 9-fevral sanasida IIV Sirdaryo akademik litseyida Sirdaryo viloyati Yoshlar ittifoqi harbiy bo‘limi rahbari, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi mutaxassisi, Sirdaryo tumani Ma’naviyat markazi boshlig‘i hamda 525-sonli harbiy qism harbiy xizmatchilari ishtirokida mazkur davra suhbati tashkil etildi.

🗣 Tadbir davomida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, Vatanga sadoqat, harbiy burch va mas’uliyat, shuningdek, milliy armiyamizning jamiyatdagi o‘rni haqida atroflicha fikrlar bildirildi.

✨ Davra suhbati o‘quvchilarda Vatan himoyachisi bo‘lishga bo‘lgan qiziqish va faxr tuyg‘usini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *