Tarix fani oyligi doirasida IIV Sirdaryo akademik litseyida o‘quvchilarning bilim saviyasi va mantiqiy fikrlashini oshirish maqsadida “Zakovat” intellektual o‘yinlari tashkil etildi.

🎓 Intellektual bellashuvda litsey o‘quvchilari faol ishtirok etib, tarix faniga oid savollar orqali o‘z bilimlari, tezkor fikrlash va jamoada ishlash ko‘nikmalarini namoyish etdilar.

🏆 Bellashuv yakunlariga ko‘ra:
🥇 1-o‘rin — 101-guruh
🥈 2-o‘rin — 202-guruh
🥉 3-o‘rin — 201-guruh

👏 G‘olib va sovrindor guruhlar litsey rahbariyati tomonidan munosib e’tirof etildi.

✅ Mazkur “Zakovat” intellektual o‘yini o‘quvchilarning tarix faniga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni bilimdonlik, jamoaviylik va sog‘lom raqobat ruhida tarbiyalashga xizmat qildi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *