Joriy yilning 2-fevral sanasida IIV Sirdaryo akademik litseyida IIV Akademiyasiga kirishga tayyorlanayotgan 2-bosqich o‘quvchilari uchun bilim sinovi o‘tkazildi.
📝 Sinov davomida 30 talik test savollari orqali o‘quvchilarning nazariy bilimlari va mantiqiy fikrlash ko‘nikmalari baholandi. Test jarayoni shaffof va tartibli tarzda tashkil etildi.
🎯 Mazkur bilim sinovi o‘quvchilarning IIV Akademiyasiga puxta tayyorgarlik ko‘rishlari hamda o‘z bilim darajasini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etdi.




