Joriy yilning 29-yanvar sanasida IIV Sirdaryo akademik litseyida litsey direktori, polkovnik F.Q.Ortiqboyev ishtirokida o‘quvchi qizlar va ularning ota-onalari bilan yig‘ilish tashkil etildi.
📌 Yig‘ilish davomida o‘quvchi qizlarning:
📚 o‘qishdagi yutuq va kamchiliklari,
🎓 ta’lim-tarbiya masalalari,
🌱 kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan reja va vazifalari
batafsil muhokama qilindi.
🤝 Shuningdek, ota-onalar bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash, farzandlarning bilim va tarbiyasini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Yig‘ilish yakunida ota-onalarning savollariga atroflicha javoblar berildi.




