Joriy yilning 28-yanvar sanasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-apreldagi PQ–155-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 31-dekabrdagi 849-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek IIV vaziri o‘rinbosarining farmoyishiga asosan Sirdaryo IIV akademik litseyi o‘quvchilari bilan dronlardan foydalanish va boshqarish bo‘yicha amaliy uchrashuv tashkil etildi.

📌 Tadbir davomida o‘quvchilarga dronlar haqida umumiy ma’lumotlar, ularning ishlash prinsiplari tushuntirildi hamda zamonaviy texnologiyalardan amaliy foydalanib ko‘rish imkoniyati yaratildi.

🎯 Ushbu uchrashuv o‘quvchilarda texnologik bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, shuningdek ularning zamonaviy yo‘nalishlarga bo‘lgan qiziqishini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *