Joriy yilning 13-yanvar sanasida 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan xizmat burchini ado etish chog‘ida qahramonlik va jasorat ko‘rsatib halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar hamda xodimlar xotirasiga bag‘ishlab, sportning aralash jang san’ati bo‘yicha 16–17–18+ yosh toifasidagi o‘smirlar hamda kuch tuzilmalari vakillari o‘rtasida Sirdaryo viloyati kubogi musobaqasi tashkil etildi.
💪 Mazkur nufuzli musobaqada IIV Sirdaryo akademik litseyining 207-guruh o‘quvchisi Xudoyberganov Kamron 80 kg vazn toifasida munosib ishtirok etib, faxrli 1-o‘rinni egalladi.
🏅 Kamron bellashuvlar davomida o‘zining yuqori sport mahorati, jismoniy tayyorgarligi va qat’iyatini namoyon etib, g‘alabaga erishdi. Ushbu yutuq yoshlarimizda vatanparvarlik ruhini mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qiladi.
👏 G‘olib o‘quvchimizni samimiy tabriklaymiz va kelgusidagi sport faoliyatida yanada ulkan zafarlar tilaymiz!




