Oʻzbekiston Respublikasi IIV Sirdaryo akademik litseyida 2026-yil 25-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan sportning “Oʻzbek jang sanʼati” turi boʻyicha IIV Sirdaryo akademik litseyi direktori kubogi va O’zbekiston chempianatiga saralash musobaqasi oʻtkazildi.

💪 Musobaqaning asosiy maqsadi Sirdaryo viloyati bo’yicha eng kuchli yoshlarni saralab olish, yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib etish, milliy sport turlarini rivojlantirish, oʻquvchilarda vatanparvarlik, jasorat va mardlik tuygʻularini mustahkamlash.

👊 Bellashuvlarda Sirdaryo viloyatining 9 ta tumanidan jami 150 dan oshiq sportchilar qatnashishib  oʻzlarining kuch, chaqqonlik va mahoratini namoyon etdilar.

🏅 Musobaqa yakunlariga koʻra gʻolib va sovrindor boʻlgan oʻquvchilar direktor kubogi, diplom hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar va  musobaqaning respublika bosqichiga yo’l olishdi.

👏 Gʻoliblarni tabriklaymiz va barcha ishtirokchilarga kelgusida yanada yuqori natijalar tilaymiz!

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *