27-yanvar kuni IIV Sirdaryo akademik litseyida ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihoniga tayyorgarlik doirasida sinov imtihoni tashkil etildi.
👩🏫 Tadbir “Tillarni o‘rganish” kafedrasi boshlig‘i Malika Mansurova tomonidan o‘tkazilib, test va yozma ish (esse) bosqichlarini qamrab oldi.



📊 Sinov imtihoni orqali o‘quvchilarning bilim darajasi baholanib, kuchli va rivojlantirilishi lozim bo‘lgan jihatlar aniqlandi.
🎯 Ushbu mashg‘ulot o‘quvchilarning imtihon muhitiga moslashishi va yakuniy imtihonda yuqori natijalarga erishishiga xizmat qiladi.

