Joriy yilning 13-yanvar sanasida IIV Sirdaryo akademik litseyida 14-yanvar — “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan
🛡 “Milliy armiya — ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni” shiori ostida IIV Sirdaryo akademik litseyi o‘quvchilari uchun Vatanparvar tashkilotiga o‘quv-tanishuv ekskursiyasi tashkil etildi.

📘 Tashrif davomida Vatanparvar tashkilotida tashkil etilgan sharoitlar, imkoniyatlar va to’garaklar bilan tanishtirildi

🛡 Shuningdek ,
“Milliy armiya — ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni!” shiori ostida “Otish tayyorgarligi” bellashuvi tashkil etildi.

🏅 Bellashuvda faol ishtirok etib, namunali natijalarga erishgan va munosib o‘rinlarni egallagan o‘quvchilar litseyning “Vatanparvar” tashkiloti tomonidan bayram sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Mazkur tadbir o‘quvchilarda vatanparvarlik, mas’uliyat va harbiy bilimlarga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qildi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *