Joriy yilning 13-yanvar sanasida Sirdaryo tumani 18- va 40-maktabi o‘quvchilari Vatan himoyachilar kuni munosabati bilan
🇺🇿 “Milliy armiya — ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni” shiori ostida tashkil etilgan Ochiq eshiklar kuni doirasida IIV Sirdaryo akademik litseyiga tashrif buyurishdi.


🔍 Tashrif davomida o‘quvchilarga quyidagilar haqida batafsil ma’lumotlar berildi:
📘 Litseyning ta’lim jarayoni va mavjud yo‘nalishlari;
🏢 O‘quv binolari, zamonaviy laboratoriyalar va sport inshootlari;
📝 Kirish imtihonlari tartibi va baholash mezonlari;
🌱 O‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar va shart-sharoitlar;
💬 O‘quvchilar litsey hayoti bilan yaqindan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.




