Joriy yilning 12-dekabr kuni IIV Sirdaryo akademik litseyi “Tillarni o‘rganish” kafedrasi ingliz tili fani o‘qituvchisi Sitora Raxmanova tomonidan 107-guruhda “Improving integrated language skills” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi.

Dars jarayonida o‘quvchilarning til ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan interaktiv va amaliy pedagogik metodlar qo‘llanildi. O‘quvchilar kichik guruhlarda ishlash, shuningdek, real hayotga yaqin vaziyatlar orqali fikrlarini ingliz tilida aniq va ravon ifodalash imkoniga ega bo‘ldilar.

Ochiq dars nafaqat til bilimini mustahkamlashga, balki o‘quvchilarning mustaqil va ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qildi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *